Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar oynasida jamoaning uch nafar futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” darvozabon Inyaki Penya, himoyachi Andres Kristensen va hujumchi Ansu Fatini sotib yubormoqchi. Klub bu futbolchilarni kelajakdagi rejalarga kiritmagan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” La Liganing 24-turidan so’ng 51 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o’rindagi “Real”da ham shuncha ochko mavjud, biroq qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga madridliklar kataloniyaliklardan ortda bormoqda.