Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gol urish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o’tamiz, ayni damda Ronaldu raqiblar darvozasiga 910 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
“To’g’risini aytsam, 1000 ta gol urish haqida o’ylamayapman ham. Albatta, siz doimo tarix yaratishni xohlaysiz, lekin hozir men bu rekord haqida o’ylamayapman”, – deya Ronalduning so’zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik hujumchi 2009-yildan 2018-yilgacha “Real Madrid” sharafini himoya qilgan va faoliyatidagi eng ko’p golni aynan shu klub safida urgan (450 ta).