Ispaniya La Ligasining 21-turida Madridning “Real” klubi “Valyadolid” bilan bahs olib bordi va yakunda 3:0 hisobida g’alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvda madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe “Real” safida ilk xet-trikini qayd etdi.
OptaJose nashri xabariga ko’ra, Mbappega birinchi xet-trikni amalga oshirish uchun 19 ta o’yin kerak bo’ldi va bu “Real” tarixidagi eng yaxshi to’rtinchi ko’rsatkichdir.
Ma’lumot uchun, braziliyalik Ronaldoga ham “Qirollik klubi” safidagi ilk xet-triki uchun aynan 19 ta o’yin kerak bo’lgan.
Shuningdek, “Real” safida dastlabki xet-trikni Emmanuel Adebayor 14 ta, Garet Beyl 9 ta va Rud van Nistelroy 2 ta o’yinda qayd etgan.