Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev haqida gapirdi.
Bosniyalik futbolchi Fayzullayevga “Barselona” e’tiborini qanday qilib jalb etish bo’yicha maslahatlar berdi.
“Abbosda ajoyib futbol fazilatlari bor. Agar siz “Barselona”ga o’tmoqchi bo’lsangiz, unda siz o’z orzuingizga ishonishingiz va unga intilishingiz kerak.
Yo’l juda qiyin va uzoq, lekin hech qanday holatda maqsadingizdan voz kechishingiz kerak emas. Siz har kuni ko’p mehnat qilishingiz, fidoyilik bilan o’ynashingiz va hamma jabhada yaxshiroq bo’lishga intilishingiz kerak”, – deydi Pyanich.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum “armiyachilar” safida 28 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.