Elit OChL 6-turi doirasida “Persepolis” va “Al-Shorta” o’zaro to’qnash keldi va yakunda eronliklar kombek amalga oshirib, g’alabani ilib ketdi.
Ahamiyatlisi, jarohatidan tiklanib safga qaytgan Oston O’runov 89-daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi va jamoasini o’yinga qaytardi.
100-daqiqada “Persepolis” darvozasiga penalti belgilandi, biroq ushbu imkoniyatdan Al Mavas foydalana olmadi.
Oradan uch daqiqa o’tar-o’tmas xuddi shunday imkoniyat eronliklarda paydo bo’ldi va ushbu vaziyatdan unumli foydalangan mezbonlar g’alabani ilib ketdi.
Elit OChL. 6-tur
“Persepolis” 2:1 “Al-Shorta”
Gollar: Ali Kadim 19′, Oston O’runov 89′, Giorgi Gvelesiani 90+13.