«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde yozgi transferlar oynasida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Topskills Sports UK nashrining xabariga koʻra, fransiyalik futbolchiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga koʻra, kataloniyaliklar rahbariyati Kundeni jamoaning daxlsiz oʻyinchilaridan biri deb hisoblaydi, biroq klubga 60-80 million yevro atrofida taklif tushsa, «ko‘k-anorranglilar» transfer variantini koʻrib chiqishga tayyor.
Shuningdek, himoyachiga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda. Kundening «Barselona» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilda yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, 27 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda.
