“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta o’rtoqlik uchrashuvida “Liverpul”dan uchralgan mag’lubiyat haqida gapirdi (1:2).
“O’yin juda qiyin bo’ldi. O’ylaymanki, biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik va 7-8-daqiqaga kelib 2:0 hisobida oldinda borishimiz kerak edi. Biroq biz gol o’tkazib yubordik va hammasi o’zgarib ketdi.
Muayyan qiyinchiliklarga duch keldik, ayniqsa havodagi o’yinda. Hujumga o’tishlarda ham muammolar bo’ldi, lekin biz albatta yaxshilanamiz. Umuman olganda, men juda mamnunman.
Ikkinchi bo’limda to’liq ustunlik qildik va g’alabaga ko’proq haqli edik. Ammo o’ylaymanki, biz to’g’ri yo’nalishda yana bir qadam tashlashga muvaffaq bo’ldik”, – deydi Mikel Arteta.