Braziliya terma jamoasi va “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar kerakli tibbiy va jismoniy tekshiruvlardan o’ta olmadi. Shu bois unga tiklanish yana vaqt berildi.
Neymar o’tgan yilning oktyabr oyida JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Urugvayga qarshi o’yinda jiddiy jarohat olgandi.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik forvard 2023-yilning yozida “Al-Hilol” futbolchisiga aylangandi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 5 ta uchrashuv o’tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Neymarning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.