«Manchester Yunayted» Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan dastlabki muzokaralarni boshladi. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, ushbu jarayon kadrlar tanlash boʻlimi rahbari va nemis mutaxassisining ashaddiy muxlisi hisoblangan Kristofer Vivellning tashabbusi bilan ilgari surilmoqda.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati Nagelsmanni APLda gegemonlik oʻrnatib, Yurgen Kloppning «Liverpul»dagi afsonaviy muvaffaqiyatini takrorlay oladigan navbatdagi nemis murabbiyi sifatida koʻrmoqda.
Biroq, jamoaning asosiy oʻyinchilari, jumladan Brunu Fernandesh hozirgi vaqtinchalik murabbiy Maykl Kerrikni qoʻllab-quvvatlanmoqda. Agar Kerrik lavozimidan ketsa, Fernandesh faqatgina haftasiga 400 ming funt maosh va bonuslar koʻzda tutilgan yangi shartnoma imzolangan taqdirdagina qolishga tayyor.
Bordiyu Kerrik oʻz lavozimida qoladigan boʻlsa, portugaliyalik futbolchi har ikki tomonni qoniqtiradigan maosh borasida muzokaralarga ochiq ekanini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» Ruben Amorimni isteʼfoga chiqargandi va uning oʻrniga Maykl Kerrikni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlagandi. Hozirda mankunianliklar 26-turdan soʻng 45 ochko jamgʻargan holda APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
