“Jenoa”ning 34 yoshli hujumchisi Mario Balotelli genuyaliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, italiyalik forvard A Seriya klubining kelajakdagi rejalariga kiritilmagan. “Jenoa” hozirda futbolchini sotish ustida ishlamoqda.
Transfer oynasi ochiq bo’lgan MLS va Braziliya ligasining nomi oshkor etilmagan klublari futbolchining ehtimoliy transferi haqida so’rashgan.
Eslatib o’tamiz, Balotelli oktyabr oyi oxirida erkin agent sifatida “Jenoa”ga o’tgan edi. Bu davr ichida u A Seriyada 6 ta o’yin o’tkazib, 56 daqiqa maydonda harakat qildi.