Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya futbol assotsiatsiyasi (AFE) talqiniga ko’ra o’tgan mavsum La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida menga ovoz berganingiz uchun tashakkur, men bundan juda faxrlanaman”, – deydi Bellingem.
Ma’lumot uchun, Jud o’tgan mavsum La Ligada 28 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o’tamiz, Bellingem 2023-yildan beri “Real”da o’ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar amal qiladi.