O’zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Italia xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Shomurodov “Kremoneze”ning taklifiga rozilik bergan. Endi kremoneliklar “Roma” bilan transfer narxini kelishib olishi kerak.
Qayd etilishicha, rimliklar Eldor uchun 8-9 million yevro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o’tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.