Madridning “Atletiko” klubi “Vilyareal”dan Aleksandr Serlotni sotib oldi. Transfer narxi 30+5 million yevroni tashkil qildi.
28 yoshli hujumchi Madridga yetib kelgan va bugun tibbiy ko’rikdan o’tishi rejalashtirilgan.
Forvard “matraschilar” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.