Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta amaldagi shartnomasini yana uch yilga uzaytirdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mikel Artetaning avvalgi shartnomasi shu mavsum oxirida tugashi kerak edi, biroq har ikki tomon ham o’zaro kelishgan holda bitimni yana uch yilga uzaytirdi.
Eslatib o’tamiz, ispaniyalik murabbiy 2019-yilda “Arsenal”ni qabul qilib olgan. Yangi shartnoma esa Artetaga 2027-yilgacha “kanonirlar”ni boshqarish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, londonliklar APL’ning ortda qolgan uchta turidan so’ng 7 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 4-o’rinda bormoqda.