Angliya Kubogi chorak final bosqichi doirasida “Manchester Siti” “Bornmut” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvda hisob 21-daqiqada Evanilson tomonidan ochildi (1:0).
Ikkinchi bo’limda ustunlikka erishgan “shaharliklar” Erling Holand va Omar Marmush tomonidan kiritilgan gollar evaziga turnirning keyingi bosqichiga yo’l oldi (1:2).
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov esa bahsni asosiy tarkibda boshlab, 37-daqiqada sariq kartochka bilan ogohlantirildi va ikkinchi bo’limda zaxiraga olindi.
Angliya Kubogi | 1/4 final
“Bornmut” 1:2 “Manchester Siti”
Gollar: Evanilson 21′ (1:0), Erling Holand 49′ (1:1), Omar Marmush 63′ (1:2).