Madridning “Real” klubi afsonasi Guti Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” futbolchisi Lamin Yamalni tanqid qildi. Bunga Yamalning Ispaniya terma jamoasi ishtirokidagi matbuot anjumanida kepka kiygani sabab bo’ldi.
“Yamal nima qilganini ko’rdingizmi? Menga yoqmayapti. U Ispaniya terma jamoasi vakili, agar siz kepka kiymoqchi bo’lsangiz, buni Ispaniya terma jamoasi yoki matbuot anjumanida emas, Ibizada (dam olish maskani) qiling.
Bu hurmatsizlik. Uning atrofida buni noto’g’ri deb aytadigan odamlar bo’lishi kerak”, – deydi Guti.
Eslatib o’tamiz, Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga mag’lub bo’lganidan so’ng Yamal o’zini tutishi va xatti-harakatlari uchun ham tanqidlarga uchragandi.