Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomas Partey faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Deadlinedaylive xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, afrikalik futbolchiga Kataloniyaning “Barselona” va Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, Partey 2012-yildan 2020-yilgacha “matraschilar” safida to’p surgan. Uning “Atletiko” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Tomas joriy mavsum APL’da 30 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.