Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yozgi transferlar vaqtida jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” rahbariyati golkiperning ketishi uchun unga bir yillik maoshini kompensatsiya sifatida to’lab berishga tayyor turibdi.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar kelasi mavsum uchun Joan Garsiya va Voytsex Shesni bilan ishlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mark-Andre ter Shtegenning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.