Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Biksan Lizarazu Belgiyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi o’yindan oldin Kilian Mbappeni tanqid qildi.
Eslatib o’tamiz, Fransiya – Belgiya uchrashuvi 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.
“Ehtimol, Mbappe odatdagidek xotirjam emasdir. U o’z o’yinini topa olmayotgani uchun ko’proq stressga tushgan. Mbappe endi avvalgidek vajohatli va ko’p narsani hal qiladigan futbolchi emas.
Shubhasiz, u hali ham eng yaxshi to’purar va juda yaxshi o’yinchi. Biroq u endi avvalgidek hech kimni qo’rqita olmaydi”, – deya Lizarazuning so’zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o’tamiz, Mbappe yozgi transferlar vaqtida Madridning “Real” klubiga ko’chib o’tdi. Uning “Qirollik klubi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar amal qiladi.