Londonning “Arsenal” klubi o’tgan mavsum boshidan beri APL’ning “kuchli oltilik” klublariga mag’lub bo’lmadi.
Bu davr ichida “kanonirlar” 14 ta uchrashuvda “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”ga qarshi 7 ta g’alaba va 7 ta durang qayd etgan.
Eslatib o’tamiz, “Arsenal” Premyer-liganing 11-turida “Chelsi”ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, ushbu natijadan so’ng “to’pchilar” APL turnir jadvalida 4-o’rinda bormoqda.