Kataloniyaning “Barselona” klubi Dani Olmo transferini rasman e’lon qildi.

“Ko’k-anorranglilar” “Leypsig” futbolchisi uchun 55+7 million yevro to’lab beradi. 26 yoshli yarim himoyachi “Barselona” bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchining tovon puli 500 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Olmo o’tgan mavsum Bundesligada 21 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.