Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem YChL 1/4 finalida “Arsenal”dan uchralgan mag’lubiyat haqida fikr bildirdi – 3:0.
“Biz bor-yo’g’i uchta gol o’tkazib yubordik. Bu omad. Biz bu o’yinda g’alaba qozona olmasdik. Bu haqiqat.
“Arsenal” juda yaxshi o’ynadi. To’g’ri, ularning ikkita goli jarima zarbasidan urildi, ammo ular bundan ham ko’proq gol urishi mumkin edi.
Hali oldinda javob o’yini bor va biz unda g’alaba qozonamiz degan umiddaman”, – deydi Bellingem.
Eslatib o’tamiz, “Real” va “Arsenal” o’rtasidagi javob o’yini 16-aprel kuni Madrid shahrida joylashgan “Bernabeu” stadionida start oladi.