O’zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O’tkir Yusupov SofaScore talqiniga ko’ra, Jahon chempionati saralash bosqichining 9-turi ramziy jamoasidan o’rin oldi.
Xabaringiz bor, terma jamoamiz 9-turda BAA mehmoni bo’ldi va 0:0 hisobida durang o’ynadi. Ushbu natija bizga Jahon chempionatiga yo’l olish uchun yetarli bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Yusupovdan boshqa hech qaysi golkiper ushbu bosqichda ikki bor ramziy jamoadan o’rin olgani yo’q. Posbonimiz SofaScore tomonidan 6-turming ham eng yaxshi darvozaboni sifatida qayd etilgan.
