“Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Milan”, PSJ va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem ritsar unvoniga sazovor bo’ladi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Bekxem ritsar unvoniga nomzod bo’ladi. Unga “Ser” unvoni beriladi. Mukofotning rasmiy e’lon qilinishi iyun oyi oxirida kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bekxem “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Devid mankunianliklar bilan birga 6 marta Angliya chempioni bo’lgan va Chempionlar Ligasida zafar quchgan.