O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun Dohaga yetib bordi.
Eslatib o’tamiz, Qatarga qarshi bahs 14-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.
Ma’lumot uchun, hozirda terma jamoamiz 10 ochko jamg’argan holda o’z guruhida ikkinchi o’rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochko bilan Eron birinchi o’rinni band etgan.