Londonning “Arsenal” klubi yozgi transferlar vaqtida hujum chizig’ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “kanonirlar” to’rt nafar hujumchini nishonga olgan. Ular orasida “Vest Hem”da ijarada o’ynayotgan Evan Fergyuson, “Botafogo” a’zosi Igor Jezus, “Nyukasl” forvardi Aleksandr Isak va “Leypsig” futbolchisi Benjamin Sheshko bor.
Ta’kidlanishicha, kelasi yozda Isakning transferi “Arsenal” uchun eng muammolisi bo’ladi.