Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasining yarim finalida PSJ’ga qarshi bo’lib o’tadigan o’yin haqida fikr bildirdi.
“Men kechagi o’yinni tomosha qildim. Bu shunchaki ajoyib edi. Men murabbiy Luis Enrikeni yaxshi bilaman, lekin keling, o’yindan zavqlanaylik. PSJ hozir butunlay boshqa jamoa, ularning qilayotgan ishlari aql bovar qilmas darajada”, – deydi Arteta.
Eslatib o’tamiz, “Arsenal” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Real”ni har ikki o’yinda ham mag’lub etib, keyingi bosqichga chiqdi. PSJ’ga qarshi yarim finalning dastlabki o’yini 29-aprel kuni, javob bahsi esa 7-may kuni bo’lib o’tadi.