Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun Istanbul klubiga o’tmasligini tushuntirdi.
“Krishtianu Ronaldu kelmaydi. Birinchi sabab, menda uchta juda yaxshi markaziy hujumchi bor va menga boshqa hujumchi kerak emas.
Krishtianu doim Krishtianu, lekin u menga kerak emas, chunki men hujumchilarimdan mamnunman. Uni Turkiyaga kelishiga Istanbulning go’zalligidan boshqa hech narsa sabab bo’la olmaydi”, – deydi Mourino.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da Mourino Ronalduga shaxsan o’zi qo’ng’iroq qilib, uni o’z klubiga taklif qilgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.