“Manchester Yunayted” hujumchisi Jeydon Sancho faoliyatini PSJ safida davom ettirishi mumkin.
Sancho va PSJ shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishib olgan. Endi parijliklar mankunianliklar bilan transfer borasida muzokara olib borishi kerak.
Inglizlar forvardni 60 million yevroga baholamoqda. Ammo PSJ Sancho uchun 50 million yevrodan ortiq to’lamoqchi emas. “Transfermarkt” esa futbolchiga 30 million yevro narx belgilagan.
Eslatib o’tamiz, Jeydon “qizil iblislar” murabbiyi Erik Ten Xag bilan kelisha olmay qolgach, Dortmundning “Borussiya” klubiga ijaraga berib yuborilgandi. Hujumchi o’tgan mavsum Bundesligada 14 ta o’yinda maydonga tushib, jamoasi uchun 2 ta gol urdi va 2 ta assistni amalga oshirdi.