“Manchester Siti” Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirmoqda va uning vakillari bilan bog’landi. Bu haqda Independent xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 31 yoshli futbolchi avvalroq MYU’da o’ynagani sabab “shaharliklar” safiga qo’shilishi so’roq ostida turibdi.
Qayd etilishicha, “Man. Siti” Pogbaning nomzodini jarohat olib safdan chiqqan Rodrining o’rniga vaqtinchalik o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli fransuz hozirda antidoping qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikatsion jazoni o’tamoqda. Pol kelasi yilning mart oyida maydonga qaytishi mumkin.