Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.
Fabritsio Romanoning so’zlariga ko’ra, italiyalik mutaxassisning ketish ehtimoli juda yuqori. Agar Anchelotti “Arsenal” to’sig’idan o’ta olmasa, lavozimidan chetlatilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti 2021-yildan buyon “Real”ni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi shartnoma 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Eslatib o’tamiz, Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o’yinida Anchelotti shogirdlari “Arsenal”ga 3:0 hisobida mag’lub bo’lgandi. Javob uchrashuvi 16-aprel sanasida bo’lib o’tadi.