Angliyaning “Liverpul” klubi misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Klub o’zining X ijtimoiy tarmog’ida Salohning taxtda o’tirgan suratini chop etib, tagiga “U qoladi”, deb izoh yozdi.
Eslatib o’tamiz, Saloh 2017-yilning yozidan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o’yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.