Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempionlari Dastin Porye va Maks Hollouey trilogiyasi tashkil etiladi. Bu haqda realkevink taxallusi ostidagi insayder manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Uning so’zlariga ko’ra, jangchilar 19-iyul kuni Yangi Orleanda (AQSh) tashkil etiladigan UFC 318 turniri doirasida BMF kamari uchun oktagonga ko’tarilishadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Dastin Porye xayrlashuv jangini 2025-yilning yozida UFC’ning raqamli turnirlaridan birida o’tkazishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Porye va Hollouey hozirga qadar ikki bor oktagonda to’qnash kelishgan. Dastin ikkalasida ham g’alaba qozongan.