Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
26 yoshli yarim himoyachi turnirning chorak finali doirasida “Real”ga qarshi dastlabki o’yinda dubl qayd etdi (3:0). E’tiborlisi, u ikkala golni ham jarima zarbasidan kiritdi.
Ma’lumot uchun, Rays ushbu sovrin uchun kurashda Xvicha Kvaratsxeliya, Alessandro Bastoni va Robert Levandovskini ortda qoldirdi.