UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o’yinida Londonning “Arsenal” klubi o’z maydonida “Real”ni qabul qilib, yirik hisobda g’alaba qozondi – 3:0.
Uchrashuvda “kanonirlar” yarim himoyachisi Deklan Rays dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Mikel Merino ham o’z nomiga bitta gol yozdirib qo’ydi.
Ikkinchi bo’lim so’nggida madridliklar bir kishi kam bo’lib qoldi. Eduardo Kamavinga ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etdi.
Chorak final bosqichidan o’rin olgan yana bir bahsda “Inter” Myunxenda “Bavariya” mehmoni bo’ldi va ortga 1:2 hisobidagi g’alaba bilan qaytdi.
Dastlab, hisob 38-daqiqada Lautaro Martines tomonidan ochildi. 85-daqiqada maydon egalari Tomas Myullerning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan uch daqiqa o’tib Davide Frattezi “Inter”ga g’alaba olib keldi.
Eslatib o’tamiz, tomonlar o’rtasidagi chorak final bosqichining javob o’yini 16-aprel sanasida bo’lib o’tadi.