Londonning “Vest Hem” klubi Aaron Van-Bissaka transferini rasman e’lon qildi.
26 yoshli futbolchi “bolg’achilar” bilan 7 yillik shartnomaga imzo chekkan. Transfer narxi esa 15 million yevroni tashkil qilgan.
Sobiq “Manchester Yunayted” himoyachi yangi klubida 29-raqam ostida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Van-Bissaka 2019-yil iyul oyida “Kristal Pelas”dan “Manchester Yunayted”ga 55 million yevro evaziga ko’chib o’tgandi.