Madridning “Real” klubi Vinisius Juniorning jamoadagi kelajagi mavhumligi fonida unga o’rinbosar qidirishni boshlab yubordi. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi”ning short-listidan Rafael Leau (“Milan”), Viktor Dyokeresh (“Sporting”) va Viktor Osimhen (“Napoli”) o’rin olgan.
Ta’kidlanishicha, agar “Real” Vinisius o’rniga markaziy hujumchi xarid qilsa, Kilian Mbappe hujumning chap qanotida muntazam o’ynash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum klub safida jami 42 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.