Xabaringiz bor, Neymar “Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qildi. Braziliyalik hujumchi katta ehtimol bilan faoliyatini “Santos”da davom ettiradi.
Jurnalist Florian Plottenbergning yozishicha, Neymar “Santos” bilan uzaytirish imkoniyatisiz 6 oylik shartnoma imzolaydi. Keyingi mavsumda esa Yevropaga qaytadi.
Ma’lumot uchun, forvard joriy mavsum riyodliklar safida jami 2 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.