Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o’yinida “Roma” “Portu” maydoniga safar qildi va 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Bellashuvning 20-daqiqasida Dibalaga nisbatan qoida buzildi. Jarohat olganiga qaramasdan futbolchi o’yinni davom ettirishga harakat qildi, lekin og’riq borligi sabab, 40-daqiqada almashtirildi.
Argentinalik hujumchi tez orada tibbiy ko’rikdan o’tadi va qachon safga qaytishi ma’lum bo’ladi. Hozirda uning jarohati qanchalik jiddiyligi haqida xabarlar yo’q.
Eslatib o’tamiz, ushbu bahsda Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi. Jamoalar o’rtasidagi javob o’yini 19-fevral kuni bo’lib o’tadi.