“Inter” hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Inter Live xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchiga “Tottenhem” qiziqish bildirmoqda. “Shporlar” Tyuram “Bavariya”ga ko’chib o’tgan Harri Keynning o’rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Qayd etilishicha, “Tottenhem” fransiyalik hujumchi uchun 80 million yevro to’lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Tyuram joriy mavsum barcha turnirlarda 32 ta o’yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.