Angliya Premyer-ligasining ikki grand klubi “Barselona” vingeri Lamin Yamalga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Manchester Siti” va “Liverpul” 17 yoshli futbolchining transferi bo’yicha kataloniyaliklar rahbariyati bilan bog’langan. Biroq ispaniyalik yulduz “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolash uning asosiy maqsadi ekanligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Yamalning “ko’k-anorranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.