Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichining javob o’yinida “Roma” “Atletik” maydoniga safar qildi va yirik 3:1 hisobida mag’lub bo’ldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasidayoq rimliklar himoyachisi Mats Hummels qizil kartochka oldi. 45+3-daqiqada bilbaoliklar hujumchisi Niko Uilyams hisobni ochdi.
68-daqiqada Yuriy Berchiche hisobdagi ustunlikni mustahkamladi. 82-daqiqada esa Niko Uilyams dublni rasmiylashtirdi.
“Roma”ning yagona javob to’pi 90+3-daqiqada Leandro Paredes tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, “bo’rilar” ikki o’yin natijasiga ko’ra 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va Yevropa Ligasidagi ishtirokini shu yerda yakunladi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchrashuvning 61-daqiqasida Paulo Dibala o’rniga maydonga tushdi. SofaScore nashri Shomurodovning o’yinini 6,6 ballga loyiq ko’rdi.