Bugun Qozog’istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomida tashkil etiladi.
E’tiborli jihati, mazkur oqshomda ikki karra Jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov ham o’z janglarini o’tkazadi.
Super og’ir vazn toifasida 10 raundlik jang:
Bahodir Jalolov (O’zbekiston, 14-0, 14 KO)
Igor Shevadzutskiy (Ukraina, 12-2, 10 KO)
Yarim yengil vazn toifasida 8 raundlik jang:
Otabek Xolmatov (O’zbekiston, 12-1, 11 KO)
Jeyson Kano Manigos (Filippin, 30-12-2, 20 KO)
Eslatib o’tamiz, janglar Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.