“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning Chempionlar Ligasidan chiqib ketgani va APL’dagi qoniqarsiz natijalari sabab bosh murabbiy Pep Gvardiolaga o’rinbosar qidirish haqida o’ylamoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” shartnomasi 2027-yilning yozida tugaydigan Gvardiola o’rniga eng munosib nomzod sifatida Leverkuzenning “Bayer” klubi murabbiyi Xabi Alonsoni tanlagan.
Qayd etilishicha, Alonso ilgari surayotgan o’yin uslubi “Manchester Siti” rahbariyatiga ma’qul kelmoqda. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassisga “Real” ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, Xabi Alonso o’tgan yili “Bayer” bilan Bundesliga va Germaniya Kubogini qo’lga kiritgan. Bundan tashqari, leverkuzenliklar Yevropa Ligasi finaliga ham chiqqan, biroq “Atalanta”ga mag’lub bo’lgan.