Madridning “Real” klubi futbolchilari Kilian Mbappening jamoaga nisbatan fidoyiligiga shubha qilmoqda. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” futbolchilari fransiyalik hujumchining har bir mashg’ulotda o’z iqtidorini namoyon etishi bilan birga, o’yin vaqtida “alangasi” o’chayotganini ham payqashmoqda.
“Real” futbolchilari muammo faqat imkoniyatlardan foydalana olmaslikda emas, balki Mbappe kerak bo’lganda jamoaga yordam berishga harakat qilmayotganida ekanligini ta’kidlashmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta o’yin o’tkazib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.