“Barselona” vingeri Lamin Yamal klub rahbariyatining transfer siyosatiga qarshi chiqdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” Jyul Kunde o’ynayotgan o’ng qanot pozitsiyasini mustahkamlamoqchi.
Yamalning fikricha, “Barselona”ga bu pozitsiya uchun futbolchi kerak emas, chunki u fransuz bilan bir qanotda o’ynashni yaxshi ko’radi.
Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.