“Manchester Yunayted” vingeri Antoni klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Avvalroq Joze Mourino boshqaruvidagi “Fenerbaxche” braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
The United Stand xabariga ko’ra, Antoni “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi emas. Futbolchi mavsum davomida o’zini yaxshi tomondan ko’rsata olishga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli vinger joriy mavsum APL’da bitta o’yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.