Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Rafinya faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Manchester Siti” braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va transfer uchun 80 million yevrodan ko’proq pul taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum barcha turnirlarda 42 ta o’yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.