Londonning “Chelsi” klubi joriy transferlar oynasi yopilgunga qadar bir qancha futbolchilarini sotishga qaror qilgan.
Daily Mail xabariga ko’ra “aristokratlar” o’n bitta futbolchini sotish orqali 200 million funt ishlab olishni maqsad qilgan.
Manbaga ko’ra, Romelu Lukaku, Trevo Chaloba, Armando Broya, Konor Gallaher, Karni Chukvumeka, Ben Chilvell, Rahim Sterling, Noni Maduake, Devid Fofana, Bashir Xamfris va Chezare Kazadei klubni tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” Premyer liganing yangi mavsumidagi ilk o’yinini 18-avgust kuni o’tkazadi. O’sha kuni londonliklarga “Manchester Siti” raqiblik qiladi.