Fransiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJ vingeri Usmon Dembelening hozirgi sport formasi haqida fikr bildirdi.
“U bizning orkestrimizdagi bir torga o’xshaydi. Uning hozirgi formasi bizga yanada ko’proq imkoniyatlar yaratishga imkon beradi.
Biz faqat to’g’ri munosabatda bo’lishimiz kerak. Lekin biz bir-birimizni ichki tomonlama ham, tashqi tomonlama ham juda yaxshi bilamiz va birga o’ynashni xohlaymiz”, – deydi Mbappe.
Ma’lumot uchun, bugun Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 1/4 final bosqichi doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.